AsosiyJamiyat

Toshkentdagi qaysi maktablarda darslar onlayn boshlanishi e`lon qilindi

'Toshkentdagi qaysi maktablarda darslar onlayn boshlanishi e`lon qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23 yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishi haqida xabar bergan edik. 

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati Poytaxtdagi qaysi maktablar onlayn tarzda boshlanishini ma`lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, poytaxtdagi mavjud 335 umumta`lim muassasasidan 278 tasida 23 yanvar kuni o`quv mashg`ulotlariga ruxsat beriladi

Mutaxassislarning bildirishicha, o`quvchilar ta`lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bo`lmasligi talab qilinadi. O`rganishlar yakuniga ko`ra, ertaga mavjud 335 ta`lim muassasasidan 278 tasida III chorak dars mashg`ulotlari boshlanadi.

Ammo harorati yuqorida belgilanganidan past ko`rsatkichga ega 57 ta umumta`lim mauassasasida uzluksiz ta`lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan. Jumladan, Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-, Mirobod tumanidagi 83-, 94-, Mirzo Ulug`bek tumanidagi 54-, 209-, Olmazor tumanidagi 1-, 28-, Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-, Uchtepa tumanidagi 199-, 251-, Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta`lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati, Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 169-, 180-, 186-, Yunusobod tumanidagi 259-sonli, Yangihayot tumanidagi 2-, 334-, Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta`lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me`yoridan pastligi tufayli dars mashg`ulotlari masofaviy ta`limga o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar