AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik erkak 13 metr balandlikdan qulab vafot etdi

'Rossiyada o`zbekistonlik erkak 13 metr balandlikdan qulab vafot etdi'ning rasmi

Rossiyada 44 yoshli O`zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib vafot etdi. Bu haqda “LenTV24” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 21 yanvar kuni Lomonosovskiy tumanidagi navbatchilik bo`limiga Maloe Karlino qishlog`ida erkak kishining katta balandlikdan qulagani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs “skotch” zavodida ishchi bo`lgan. U 13 metr balandlikda ish bajarayotgan vaqtida pastga qulab tushgan.

Hozirda hodisa sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar