Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo`ravonlik to`g`risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o`tkaziladi. Bu haqda xabar qilgan rezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho``ba mudiri Saida Mirziyoeva oiladagi zo`ravonlik haqida qisqacha o`z fikrini bildirib o`tdi.
"Oiladagi zo`ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz.
Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilg`or gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham.
Oldin ayollar oldidagi mas`uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin bo`ladi", - deydi Mirziyoeva.