AsosiyJamiyat

25 yanvardan poytaxtdagi 12 ta maktabda darslar an`anaviy tarzda boshlanadi

'25 yanvardan poytaxtdagi 12 ta maktabda darslar an`anaviy tarzda boshlanadi'ning rasmi

Ertaga, 25 yanvardan isitish tizimlarida muammolari bartaraf etilgan va sinfxonalarda havo harorati me`yorida bo`lgan quyidagi yana 12 ta umumta`lim maktabida uzluksiz ta`lim jarayonlari boshlanadi.

Bular Bektemir tumanidagi 347-sonli, Olmazor tumanidagi 1-sonli, Chilonzor tumanidagi 138-, 162-, 179-, 183-, 184-, 270-, 280-sonli maktablar va 4-sonli maktab-internati, Yangihayot tumanidagi 2-, 3-sonli maktablardir. 

Bu haqda Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar