Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida matematikadan Respublika fan olimpiadasi o`tkaziladi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo`naltirish maqsadida 10-11-sinf maktab va lisey o`quvchilarini qamrab oladi.
Arizalar 1 fevralga qadar maxsus platforma (olympiad.pdp.uz) orqali bepul qabul qilinadi.