AsosiyJamiyat

Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog`lari ish vaqtiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi

'Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog`lari ish vaqtiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi'ning rasmi

Toshkentda ko`ngilochar savdo markazlari va istirohat bog`lari ish vaqtiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

"Yurtimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz ta`minotini uzluksiz etkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat do`konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari, ko`ngilochar savdo markazlari va istirohat bog`lari vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga o`tkazish tavsiya etilgan edi. Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2023 yil 15 yanvarda barcha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, ko`ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog`lari qisqartirilgan ish rejimiga o`tkazilib, ertalab soat 10-00 dan 17-00ga qadar amalga oshirishi lozimligi belgilangan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar