1

Andijondagi xonadonda 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi topildi

Jinoyat 26.01.2023, 15:58
Andijondagi xonadonda 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi topildi

Xo`jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi.  Bu haqda Bosh prokuror Matbuot kotibi “darakchi.uz” ma`lum qildi.

Jinoyat 25 yanvar kuni soat 15:40 atrofida tumanning "Mustaqillikning 27 yilligi" mahallasidagi xonadonlarning birida sodir etilgan. Ushbu xonadondan topilgan jasadlar  1960 yilda tug`ilgan ayol K.A. va uning jiyani 2005 yilda tug`ilgan talaba qiz S.K. tegishli bo`lib chiqdi.

Tezkor-tergov guruhi ma`lumotlariga ko`ra, murdalarda qotillik alomatlari aniqlangan. 

Viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda  tezkor-tergov tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1