AsosiyDunyo

Ukraina Rossiya bilan urushning yakuniy ssenariysini ma`lum qildi

'Ukraina Rossiya bilan urushning yakuniy ssenariysini ma`lum qildi'ning rasmi

Qisqa muddatda Rossiya  tajovuzkor harakatlarga o`tadi, buning natijasida u, albatta, ko`plab shaxsiy tarkibi, kuchlari va vositalarini yo`qotadi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak o`z prognozlarida yozmoqda.

Unga ko`ra, Ukraina tomonidan ishlab chiqilayotgan va muhokama qilingan qarshi hujum doirasida Rossiya to`rtta muhim mag`lubiyatga uchraydi va u shundan keyin rus armiyasidagi parchalanish va yakuniy demoralizasiya jarayonlari orqaga qaytarilmas holga keladi.

Shuningdek, Mixail Podolyak  ruslar urushdan qochishda davom etishini, halok bo`lganlarning yaqinlari esa Rossiya hududi bo`ylab norozilik namoyishlar o`tkazishlaridan umidvor. U bu vaqtga kelib Putin atrofidagilar orasida jiddiy ichki nizolar avj olishini bashorat qilmoqda.

Podolyak Ukraina Qurolli kuchlari 1991-yildagi Ukraina chegaralarida to`xtashini, Rossiyada esa federasiyaning ayrim subektlari ajralib chiqishi mumkinligini qayd tgan. 

"Yadro qurollari u yoki bu tarzda, xususan, rus generalligining qoldiqlari tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun, uning qora bozorda paydo bo`lishi yoki hech bo`lmaganda bir muddat nazorasiz qolishi xavfi yo`q.

Rossiya Federasiyasining vaqtincha tuzilgan hukumati Ukrainadagi jinoyatlar va chegaradagi demilitarizasiya zonalari uchun javobgarlik bo`yicha haqiqiy muzokaralarni boshlaydi. Va, albatta, qotillik va vayronagarchilik uchun katta kompensasiyalar haqida", deydi u.

 

Zelenskiy ofisi maslahatchisi ushbu ssenariyni amalga oshishi Ukraina yordam tariqasida beriladigan qurollarning aniq sonini qachon olishiga bog`liq ekanligini ta`kidlaydi. 

“Formula oddiy: agar siz urushni tezroq tugatishni istasangiz, Ukrainaga so`ragandan ham ko`proq qurol-yarog`lar bering”, — deb xulosa qildi u.

    Boshqa yangiliklar