Avval xabar qilganimizdek, Namangan viloyatining Norin tumanidan oqib o`tuvchi Norin daryosining chap qirg`og`i emirilgan. Zudlik bilan FVV xodimlari FVDT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda dambani tiklash ishlariga kirishdilar. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.
Bosh vazir o`rinbosari O.Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo`ldoshev boshchiligida daryoning emirilgan qismida qirg`oq mustahkamlash ishlari davom ettirilmoqda.
Xususan, ushbu tadbirlarga 112 ta maxsus texnika vositalari jalb etilgan bo`lib, damba qirg`oqlarini mustahkamlash maqsadida 990 m³ xarsangtosh va 765 m³ shag`al ishlari amalga oshirildi.
Vaziyat nazoratga olingan va dambani mustahkamlash uchun zarur bo`lgan barcha vositalar etkazib berilmoqda.






