Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 28 yanvar kuni soat 10:50 da harakatlanib ketayotgan Mersedez-Benz rusumli o`ylovchi tashishga mo`ljallangan avtobusda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelganligi uchun, yo`lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong`in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
28.01.2023 10:19
Toshkentda yo`lovchi avtobusida yong`in sodir bo`ldi






