AsosiyJamiyat

Moskvada o`zbekistonlik erkak 7 yoshli o`gay o`g`lini barmoqlari kesib tashlanadigan darajada qiynoqqa solgan bo`lishi mumkin

'Moskvada o`zbekistonlik erkak 7 yoshli o`gay o`g`lini barmoqlari kesib tashlanadigan darajada qiynoqqa solgan bo`lishi mumkin'ning rasmi

Moskvada o`gay otasi tomonidan tahqirlab kelingan 7 yoshli bolaning barmoqlari kesib tashlandi. Bu haqda  "Novosti Moskv" nashri xabar bermoqda. 

Bola 13 yanvar kuni Balaklavskiy ko`chasida joylashgan kvartiradan shifoxonaga olib kelingan. Uning barmoqlari muzlab qolgan edi. Bolaning ota-onasiga ko`ra, u qo`lqoplarsiz qorbola yasagan. Moskvada shu kunlarda qattiq sovuq kuzatilgandi. Moskva bo`yicha Tergov bosh boshqarmasi holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Ekspertiza o`gay ota bolani muntazam tahqirlab, kaltaklab kelganini va bu o`z navbatida jiddiy jarohatlarni yuzaga keltirganini ko`rsatgan. Bolaning onasi va o`gay otasi — O`zbekiston fuqarolari. Ularning ikkisi ham Moskvada ijrada yashaydi, ayol kommunal xizmatda hovli tozalovchi bo`lib ishlasa, erkak — chilangarlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar