Joriy yilning 29 yanvar kuni Guliston shaharida "Nexia-1" avtomobili yonib ketdi. Bu haqda FVB xabar berdi.
"Taraqqiyot" MFY Xalqlar do`stligi ko`chasida "Nexia-1" rusumli avtotransport vositasining tahminan elektr jihozlaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv kelib chiqishi oqibatida avtomobilning dvigatel qismida yong`in sodir bo`lgan.
Yong`in to`g`risidagi tezkor habar Guliston shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga soat 09:30da kelib tushgan. Voqea joyiga 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 9:31 etib borgan va yong`in soat 09:38 da to`liq o`chirilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






