1

Toshkentda tanishining shaxsiy suratlarini e`lon qilish bilan qo`rqitgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 29.01.2023, 15:36
Toshkentda tanishining shaxsiy suratlarini e`lon qilish bilan qo`rqitgan firibgar qo`lga olindi

Uchtepa tumanida yashovchi 28 yoshli Sh.F. 29 yoshli S.M. bilan tanishib, o`zaro yozishib yurishgan. Biroz vaqtdan so`ng, Sh.F. ayolning turmush o`rtog`iga yuborgan fotosuratlarini o`zining telefoniga yuklab olib, oshkor qilish bilan qo`rqitib, uning tilla taqinchoqlari va pullarini egallab olgan. Bu haqda ayolning Uchtepa tumani IIO FMBga kelib tushgan arizasida aytilgan. 

Ayolning arizasiga asosan, Sh.F. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1