Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xizmati xabar bermoqda.
"30 yanvardan Toshkent shahridagi 424 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti navbatdan tashqari ta`tildan so`ng o`z faoliyatini boshlaydi. Hozirda ulardagi havo harorati talab etilgan me`yorda" deyiladi xabarda.
Ayni kunlarda issiqlik ta`minoti tiklanayotgan 25 ta MTT esa hafta davomida bosqichma-bosqich ochiladi.






