Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan 3 milliard dollar miqdoridagi mablag`ni yangi medikamentlar ishlab chiqarish uchun xayriya qiladi. Mazkur summa 10 yil mobaynida to`lab beriladi, deb yozadi “1news.az”.
Birinchi investisiya Biohub ilmiy-tibbiy markazini moliyalashtirish uchun yo`naltiriladi va 600 million dollarni tashkil etadi. Biohub markazi Stenford, Kaliforniya va San-Fransisko universitetlari tomonidan tashkil etilgan.





