Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
31.01.2023 03:19
Bugun yomg`irli ob-havo bo`ladi - "O`zgidromet"






