AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 59 yoshli erkakni poezd bosib ketdi (video)

'Toshkent viloyatida 59 yoshli erkakni poezd bosib ketdi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 17 yanvar kuni temir yo`ldan o`tayotgan erkakni poezd bosib ketdi.

“Millar” ko`rsatuvidan ma`lum bo`lishicha, voqea O`zbekiston—O`rta ovul temiryo`l bekatlari oralig`ida sodir bo`lgan. 

Toshkent mintaqaviy temiryo`l transportida XTB inspektorining ma`lum qilishicha, 59 yoshli erkak himoya to`sig`idan oshib, yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan. Temiryo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan vaqtida poezd urib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar