AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda ko`p qavatli uy portlab ketdi. 4 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan

'Qoraqalpog`istonda ko`p qavatli uy portlab ketdi. 4 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan'ning rasmi

Bugun, 31 yanvar kuni soat 07:55 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus tumani "Okterak" MFYda joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FV bo`limi yong`in-qutqaruv ekipajlari etib borgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma`lum qilishicha, chaqnash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

"Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar