O`zbekiston va Qozog`istondan keyin Qirg`iziston piyoz eksportiga taqiq joriy qildi
Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasining piyoz eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etish to`g`risidagi qarori qabul qilindi.
Bu haqda Qirg`iziston Qishloq xo`jaligi vazirligi xabar bergan.
Taqiq 31 yanvardan boshlab uch oy muddatga amal qiladi.
Ushbu chora oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, piyoz va boshqa sabzavotlar narxini qimmatlashib ketishining oldini olish maqsadida ko`rildi.
Avvalroq O`zbekistonda ham piyoz eksportiga cheklovlar kiritgan edi.