AsosiyJamiyat

"FlyArystan" Olma-otadan Samarqandga parvozlarni tiklaydi

'"FlyArystan" Olma-otadan Samarqandga parvozlarni tiklaydi'ning rasmi

Qozog`istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota — Samarqand yo`nalishidagi reyslarni tiklamoqda.

Olma-Ota — Samarqand — Olma-Ota yo`nalishi bo`yicha birinchi yo`lovchi reysi 2023-yil 18-martga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, FlyArystan — Qozog`istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi bo`lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog`istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar