AsosiyJamiyat

Jazeera Airways Quvaytdan Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi

'Jazeera Airways Quvaytdan Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`lamoqda. Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023 yilning 15 fevraliga mo`ljallangan.

Muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, Jazeera Airways O`zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo`lib, arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Boshqa yangiliklar