AsosiyDunyo

Eron Isfahonga qilingan dronlar hujumida Isroilni ayblab BMTga maktub yo`lladi

'Eron Isfahonga qilingan dronlar hujumida Isroilni ayblab BMTga maktub yo`lladi'ning rasmi

Eronning BMTdagi vakili Said Iravoniyning aytishicha, Isroil Mudofaa vazirligining Isfahon shahridagi ob`ektiga qilingan hujum uchun javobgardir. Bu haqda u BMT Xavfsizlik kengashi raisiga yo`llagan maktubida yozgan.

“Dastlabki tekshiruvlar shuni ko`rsatdiki, sionistik rejim Isfahon shahridagi Mudofaa vazirligi ob`ektida sodir etilgan terakt uchun javobgardir. Bu rejimning faoliyati xalqaro qonunlarni buzadi va qoralanadi”, - deyiladi Said Iravani maktubida. 

Eslatib o`tamiz, 28 yanvar kuni noma`lum dronlar Isfahondagi harbiy ob`ektga hujum qildi. Rasmiy ravishda hech kim hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi. OAV Isroil, AQSh va Ukrainani hujumning potensial tashkilotchilari deb atagan. AQSh bu voqeaga aloqadorligini rad etdi. Eron hukumati dronlarni ishlab chiqaruvchini aniqlagan, uning nomi aytilmagan.

    Boshqa yangiliklar