AsosiyDunyo
4137

Moskvadagi omborxonada chiqqan yong`in oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

Moskva shahri Amur ko`chasida joylashgan plastik buyumlar saqlanadigan omborxonada kuchli yong`in kelib chiqdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari omborxonadan 8 kishining jasadini olib chiqqan. 

“Yong`in yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Shiddatli yong`in, yuqori harorat va quyuq tutun tufayli qutqaruvchilar binodan chiqa olishmay qolishdi”,—deydi qutqarquvchilardan biri.

Qutqaruvchilar bino tomida gaz ballonlari va kompressorlarni sovitishga yordam beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Natijada 100 ga yaqin omborxona ishchilari qutqarildi va evakuasiya qilindi. 

Yong`in oqibatida katta maydonga bino qoldiqlari yopirila boshladi va qutqaruvchilar xarobalar ostida qolib ketdi.

Plastik buyumlar saqlanadigan omborxonada 22 sentyabr kuni soat taxminan 17:00 da yong`in yuz berdi. Binoning 4 ming kvadrat kilometr maydoni yonib ketdi. 

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar