AsosiyDunyo

Erdo`g`on zilzila oqibatida 912 kishi halok bo`lganini ma`lum qildi

'Erdo`g`on zilzila oqibatida 912 kishi halok bo`lganini ma`lum qildi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on zilzila oqibatida 912 kishi halok bo`lganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, yana 5385 kishi jarohatlangan.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Kommunikatsiyalar rahbari Fahrettin Altun ham bayonot berdi:

Qahramanmarashda sodir bo'lgan va ko'plab shaharlarda sezilgan zilziladan so'ng, davlatimizning barcha muassasalari zudlik bilan o'z ishlarini olib bormoqda. Yurtimiz va butun xalqimizga hamdardlik bildiraman

Hozirda barcha qutqaruv ishlari FVV (AFAD) koordinatsiyasi tomonidan olib borilmoqda.

Tabiiy ofat bilan bog'liq ma'lumotlar uchun rasmiy muassasalarning, ayniqsa AFADning xabarlarini kuzatib borish muhimdir.

Avvalroq Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 326 nafarga etgani xabar qilingandi.

Ma`lumot uchun: Turkiyaning markaziy va janubi-sharqiy qismlarida 7,4 magnitudali silkinishlar qayd etildi. Zilzila janubi-sharqdagi Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida 7 km chuqurlikda sodir bo`lgan. Er silkinishlari turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada yarim soat davomida sezildi.

    Boshqa yangiliklar