Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 3000 ga yaqinlashdi

Dunyo 07.02.2023, 09:02
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 3000 ga yaqinlashdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 3000 ga yaqinlashdi. Yana 16 mingga yaqin odam tan jarohati oldi, dedi Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezar. 

Turkiyaning janubi, ya`ni Anqaradagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 2921 kishiga etdi, deb ma`lum qildi Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezar. Yana 15 834 kishi jarohatlangan, dedi u. 

Avvalroq Turkiya vise-prezidenti Fuat O`qtay vayronalar ostidan jami 7840 kishi tirik qolganini ma`lum qilgan edi.

Oktay 338 ming kishi yotoqxonalar, universitetlar va boshpanalarga joylanganligini qo`shimcha qildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan etti kunlik milliy motam e`lon qildi.

AFAD ma`lumotlariga ko`ra, Turkiyaning janubi-sharqida bir sutkada magnitudasi ettidan ortiq bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`lgan (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball). Turkiya hukumati aholini er silkinishidan xavotirga tushib, uylariga qaytmaslikka chaqirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1