AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtomaktablar uchun lisenziya IIV tomonidan berilishi belgilandi

'O`zbekistonda avtomaktablar uchun lisenziya IIV tomonidan berilishi belgilandi'ning rasmi

Prezident tomonidan 06.02.2023 yildagi “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`RQ-816-son Qonun imzolandi.

Qonunga muvofiq, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni lisenziyalash bo`yicha vakolatli organ etib belgilandi (ilgari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi). Lisenziya olish uchun davlat boji BHMning 10 baravarini tashkil etadi.

Shuningdek, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to`g`risida xabarnomani qabul qilivchi organ etib belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar