AsosiyJamiyat

Turkiya xalqiga yordam berish maqsadida xayriya jamg`arma ochildi. O`zbekistonliklar o`z xayriyalarini yuborishlari mumkin

'Turkiya xalqiga yordam berish maqsadida xayriya jamg`arma ochildi. O`zbekistonliklar o`z xayriyalarini yuborishlari mumkin'ning rasmi

Xabaringiz bor, Turkiyada 6 fevral sanasida sodir bo`lgan zilzila tufayli, ayniqsa, Kahramanmarash, Hatay, Usmanie, Adiyaman, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Malatya, Kilis va Adana, shuningdek, ularga yondosh viloyatlarda ham keng ko`lamli vayrongarchiliklar yuz berdi.
Turkiya elchixonasining xabar berishicha, Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar boshqaruvi vazirligi (AFAD) zilzilada talofat ko`rgan fuqarolarimizning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish maqsadida xayriya jamg`armasi ochdi. 

"Xayriyalar, www.afad.gov.tr sayti orqali SanalPOS (elektron o`tkazma), bank hisob raqami va SMS orqali amalga oshiriladi.
Yordam berishni istagan fuqarolar o`z xayriyalarini “O`zbekiston Ziraatbank” filiallari tomonidan foizlarsiz Turkiyaga jo`natishlari mumkin" deyiladi xabarda. 


Ma`lumot o`rnida:

T.C. ZİRAAT BANKASI A.Ş.
ANKARA KAMU KURUMSAL ŞUBESİ
TL : TR73 0001 0017 4555 5555 5552 04
USD : TR 46 0001 0017 4555 5555 5552 05
EURO : TR 19 0001 0017 4555 5555 5552 06
Banka Swift Kod No : TCZBTR2A

    Boshqa yangiliklar