1

Nilufar Usmonova to`rtinchi farzandiga homiladormi?

Shou-biznes 23.09.2016, 14:39
Teglar: Farzand, Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova to`rtinchi farzandiga homiladormi?

Ushbu savol mana bir necha kundan beri xonanda Nilufar Usmonova atrofida aylanayotgan eng ko`p savollardan biri bo`lmoqda. 

Muxlislarning ushbu savoli uning “Instagram” tarmog`iga joylagan navbatdagi surati sababli yuzaga keldi. Mazkur suratda muxlislar Nilufarni to`lishib qolganligini payqashgan. 

“O`rtoqlar, sizlarga taqdim etadigan ijodim juda ko`p, gaplarim ham, yangiliklarim ham kam emas!”, deb yozib qoldirdi Nilufar mazkur surati ostidagi izohga.

Nilufar Usmonova 22 sentyabr kuni Facebook Mentions orqali muxlislari bilan jonli aloqaga chiqdi. 

Unda ham xonandaga berilgan eng ko`p savol uning homiladorligi atrofida bo`ldi. Mazkur savolga Nilufar quyidagi javobni berdi:

“Bu savolga javob berishni istamayman. Hamma narsani vaqt ko`rsatadi.” 

Shuningdek undan uch o`g`ildan so`ng qiz ko`rish niyati bor yoki yo`qligi haqida ham so`rashdi. “Albatta qizlik bo`lish niyatim bor”, deydi xonanda. Qizlik bo`lsa ismini nima qo`yishi bilan bog`liq savolga, bu haqda o`ylamaganini va bu masalani qizining otasi hal qilishini ma`lum qildi.

Mentions orqali u xususan ayni damda o`zi tayyorlayotgan ovqatlarni emay qo`yganini, ammo bolalariga qo`lidan kelganicha taom tayyorlab berishga harakat qilayotganini ham aytdi. 

“San`at orqasidan topganlaringiz” degan savolga Nilufar olqish va pul deya javob berdi. 

Nilufar Usmonova kino va kliplarga suratga tushish mavzuidagi savolga, eng yomon ko`rgani suratga olish jarayoni va kamera ekanligini aytib o`tdi.

“Sevimli aktyoringiz kim?”, degan savolga esa Nilufar hind aktyori Shohruhxonni yoqtirshini aytdi.

Bundan tashqari Nilufar ayni damda farzandlariga juda ko`p vaqt ajratish uning birinchi galdagi vazifasi va bu uning uchun katta baxt ekanligini ham ta`kidlab o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Nilufar Usmonova uch nafar o`g`il farzandning onasi.

Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
"Yaqinlarim meni yangi ismim bilan chaqirishadi"

02.08.2019, 14:47

Nilufar Usmonova ismini o`zgartirganidan xabaringiz bor. U “Darakchi” gazetasi jurnalisti Aliya Sulaymanova bilan suhbatda aynan mana shu mavzuga yana to`xtalib o`tdi. — O`zingiz yaxshi bilasiz,...
Nilufar Usmonova kenja o`g`lining tug`ilgan kunini nishonladi (foto)

08.10.2018, 15:30

Usmonovlar xonadonida yana shodiyona. Nilufar Usmonovaning kenja o`g`li Suleymanni 6 yoshga to`ldi. Tavallud ayyomi sharafiga tashkil etilgan bayram tantanasidan fotosuratlarni xonanda instagramdagi sahifasiga joylashtirdi.Tug`ilgan kunga...
Nilufar barcha gap-so`zlarga o`zi nuqta qo`ydi! (foto)

16.04.2018, 12:29

Nilufar Usmonovaning hayotida yana o`zgarishlar... Taniqli xonanda yana bir bor ona bo`lish arafasida. Bu xabar, avvalroq internet saytlarida yozilgan bo`lsa-da, xonandaning o`zi bu mavzuda gapirishga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1