Nukus voqealari bo`yicha yana 3 nafar organ xodimi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Jamiyat 09.02.2023, 10:22
Nukus voqealari bo`yicha yana 3 nafar organ xodimi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Sal avval, 2022 yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan  2023 yil 31 yanvar kuni sud hukmi chiqarildi. 

Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari bilan bo`lgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023 yil 17 yanvar kuni mazmunan ko`rish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi sudiga yuborildi.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan ko`rib chiqilmoqda. Ayni paytda mazkur ish bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, yuqoridagilardan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.  

Hozirda jinoyat ishlari bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda.  

Tergov natijasi bo`yicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi ta`minlanadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1