1

O`zbekiston maxsus borti jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko`rsatish maqsadida Gaziyantepga etib bordi

Jamiyat 09.02.2023, 11:38
O`zbekiston maxsus borti jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko`rsatish maqsadida Gaziyantepga etib bordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga binoan mamlakatimiz maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko`rsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) etib keldi. Bu haqda TIV xabar bermoqda. 

Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo`shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham etkazildi.

Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga to`qqizta alohida bo`linmadan iborat ko`chma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to`liq ta`minlanadi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Shavkat Mirziyoev topshirig`iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan edi. Ular Hatay viloyatining Ovakent qishlog`ida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o`zbeklar istiqomat qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1