Britaniyalik fermer 800 ta qo`yini sariq rangga bo`yab chiqdi

Dunyo 23.09.2016, 16:18
Britaniyalik fermer 800 ta qo`yini sariq rangga bo`yab chiqdi

Buyuk Britaniyalik Pip Simpson qo`ylarini o`g`rilardan himoya qilish uchun ulardan 800 tasini sariq rangga bo`yab chiqdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

So`nggi to`rt yil ichida Simpsonning 300 ta qo`yi yo`qoldi. Jinoyatchilarga qarshi qo`llangan hech bir chora foyda bermadi. Shuning uchun fermer qo`ylari boshqalarnikidan ajralib turishi uchun shunday yo`l tutdi.

Uning aytishicha, xaridor sariq rangli qo`yni ko`rganida uni o`g`irlashganini tushunadi va sotib olishdan bosh tortadi.

Shunday qilib, sariq rangli qo`ylarni o`g`irlash befoyda bo`ladi.  

Qo`ylarni bo`yash uchun ishlatilgan bo`yoqlar ularning hayotiga xavf solmaydi.  

Polisiya qo`ylarning o`g`irlanishi fermerlar uchun yirik muammo ekanligini tan oldi. Bu o`g`irlikdan har bir fermer yiliga 4 million funt zarar ko`radi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1