AsosiyJamiyat

Braziliyada bemorning qornidan qaychi topildi

'Braziliyada bemorning qornidan qaychi topildi'ning rasmi

Braziliyaning Mato Grosso shtatida yashovchi siyosatchi shifokorlar uning qornida jarrohlik qaychi qoldirishganidan keyin og`riq sezmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

46 yoshli Kleyton Zenatta yaqinda qorin bo`shlig`ida operasiyani boshdan kechirdi. Amaliyot davomida ichak o`simtasi olib tashlandi. Erkak kasalxonadan chiqqanidan keyin qornida qattiq og`riqlar paydo bo`la boshlagan.

Zenatta yana tibbiy yordam so`radi. Kompyuter tomografiyasi uning qorin bo`shlig`ida begona jism — operasiya vaqtida shifokor tomonidan unutilgan jarrohlik qaychisi borligini ko`rsatdi. Siyosatchi ikkinchi operasiya uchun zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi.

Shtat sog`liqni saqlash departamenti bemorning qornida jarrohlik asbobi nima sababdan qoldirilganini aniqlash uchun tibbiyot muassasasida tekshiruv o`tkazmoqda. Siyosatchi shifoxona va operasiyani amalga oshirgan jarrohni sudga berish yoki bermaslik haqida hali qaror qilgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar