Istanbuldagi uylardan birida o`zbekistonlik Sevara Bahramova ismli 22 yoshli ayol yangi tug`ilgan chaqaloqni to`rtinchi qavatdan uloqtirib yubordi. Bu haqda Turkiya mahalliy nashlari xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ayol o`zi farrosh bo`lib ishlagan uyda yashirincha tug`gan. Keyin chaqaloqni sumkaga solib, to`rtinchi qavatdan uloqtirgan, chaqaloq erga tushishi bilan vafot etgan. Hodisani ko`rgan fuqarolar polisiya va tibbiy guruhlarni chaqirgan. Mintaqaga jo`natilgan guruhlar chaqaloqning jonsiz jasadini o`likxonaga olib ketgan.
22 yoshli yosh ayol esa qamoqqa olingan.
“Homilador ekanligimni bilmasdim” degan gumondor qo`lga olinganda. U ishga endigina kirganini, homiladorligini bilmaganini, birdan og`riy boshlaganini va chaqaloq o`lik holda tug`ilganini ta`kidlagan. Bahramova qo`rquvdan chaqalog`ini sumkada tashlab ketganini aytib, ayblovlarni rad etgan. Gumonlanuvchi “qasddan o`ldirish” aybi bilan qo`lga olingan va ayni paytda ish sudga oshirilgan.