Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.L. fuqaro F.R.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida RShTTYoIM Buxoro filialiga shifokor vazifasiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.