O`zbekistondan zilzila sabab jabr ko`rgan Turkiyaga insonparvarlik yordami qabul qilish vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar qildi.
"Biz insonparvarlik yordami yig`ishni vaqtincha to`xtatishga majbur bo`ldik. Barcha hududiy bo`linmalardan yuklar kelib tushayotgani sababli ularni saralash, qadoqlash va jo`natishga tayyorlash qo`shimcha vaqt talab etmoqda. Gumanitar yordam yig`ish qayta boshlangani va Turkiyaga etkazilishi zarur bo`lgan mahsulotlar ro`yxatini yana e`lon qilamiz. Har tomonlama yordam berganingizdan minnatdormiz", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o`zbekistonliklar yordami bilan birodar turk xalqi uchun kerakli mahsulotlar bilan to`ldirilgan 25 ta yuk mashinasi Turkiya jo`nab ketdi.






