AsosiyJamiyat

"Nukus voqealari"da etkazilgan zararlar hisoblanmoqda

'"Nukus voqealari"da etkazilgan zararlar hisoblanmoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda yuz bergan holat va voqealarni o`rganish bo`yicha komissiya xulosasini tayyorlashga kirishdi.

Komissiya o`z xulosasida quyidagi yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratmoqda:

  • Qoraqalpog`istonda 2022 yil 1–2 iyul kunlari yuz bergan holatlar va voqealarning xronologik tafsiloti;
  • Mustaqil komissiyaning tashkiliy tadbirlari;
  • mahalliy hukumat va davlat organlari tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar;
  • namoyishlarning keltirib chiqargan oqibatlari, etkazilgan zarar, ishtirokchilarning ma`naviy va psixologik tafsiloti;
  • namoyishlar yuzaga kelishiga sabab bo`lgan omillar;
  • namoyishlarda aybdor deb topilgan fuqarolarga nisbatan sud jarayonlarining tafsiloti;
  • Mustaqil komissiyaning asosiy xulosa va tavsiyalari;
  • xotima;
  • namoyishlarda qo`llanilgan maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va faollar komissiya xulosasiga oid fikr-mulohazalarini @independetuz_bot Telegram botiga yuborishi mumkin.

Ma`lumot uchun, 2022 yil 16 iyul kunidan Qoraqalpog`istonda yuz bergan holat va voqealarni o`rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o`tkazish bo`yicha komissiya o`z ishini boshlagan. Komissiya o`z faoliyatini inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, voqealarni har tomonlama va holis o`rganish, shuningdek, olingan axborotlarni qayta tekshirish hamda o`z faoliyatini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar