AsosiyDunyo

Turkiyada o`zbeklar qurgan harbiy dala gospitali ish boshladi

'Turkiyada o`zbeklar qurgan harbiy dala gospitali ish boshladi'ning rasmi

Turkiyada o`zbekistonliklar tomonidan qurilgan harbiy dala gospitali ish boshladi. Bu haqda O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.

Hatay viloyatining Ovakent mahallasida faoliyatini boshlagan harbiy dala gospitali zilziladan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatmoqda.

Ushbu dala shifoxonasi O`zbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to`liq ta`minlangan.

Mazkur dala gospitali O`zbekiston Qurolli kuchlari tomonidan tiklandi. U erda harbiy shifokorlar yaradorlarga yordam ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar