Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanidagi ayrim hududlar metro qurilishi sababli 13 fevral kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha vaqtincha suv ta`minotidan uziladi. Bu haqda “O`zsuvta`minot” xabar berdi.
Suv ta`minotidagi uzilishga Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko`chasi bo`ylab TXAYdan Fayzli ko`chasigacha bo`lgan hududda erusti metrosi qurilishi jarayonida tarmoqlarning ko`chirib o`tilishi sabab bo`lmoqda.
Shu sababli Sergeli hamda Yangihayot tumanidagi yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obektlari va maktabgacha ta`lim va maktab ta`lim muassasalarida hamda sog`liqni saqlash muassasalarida ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Sergeli tumani
“Daryo bo`yi”,
“Fayzli”, “Jaloir”,
“Qipchoq”,
“Sug`diyona”,
“Sofdil”,
“O`zgarish”,
“Habibiy”,
“Mehrigiyo”,
“Yangi Sergeli”,
“Ezgulik”,
“Madadkor”,
“Ziynat”,
“Ittifoq”,
“Nilufar”,
“Bunyodobod” mahallalarida.
Yirik sanoat korxonalari, jumladan: “Rersi” zavodi, “Mo``tabar” un zavodi, G`isht zavodi, Keramika zavodi, Bojxona ombori, OBD qozonxonasi.
Maktabgacha ta`lim va maktab ta`lim muassasalarida hamda sog`liqni saqlash muassasalarida.
Yangihayot tumani bo`yicha:
“Qipchoq”,
“Yo`ldosh”,
“Al-Farg`oniy”,
“Viqor”,
“Olchazor”,
“Do`stlik”,
“Chortoq”,
“Charog`on”,
“Toshkent”,
“Ibrat”,
“Iqbol”,
“Humo”,
“Yangi Umid”,
“Yorqin xayot”,
“Marhamat” mahallalarida.
Xizmat ko`rsatish hamda ijtimoiy soha obektlari, jumladan: 37-sonli polklinika, 1-sonli tug`ruq kompleksi, Teri tanosili shifoxonasi, O`likxona, Yangihayot tumani hokimiyati binosi, Non ishlab chiqarish korxonasi, 12-sonli avtobus saroyi, ko`tarma nasos stansiyasi, “Grin park” bog`i, “Evrika” bolalar bog`chasi, metall zavodi.
Qayd etilishicha, ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda etkazib beriladi.






