AsosiyJinoyat

Surxondaryoda o`quvchi telefon do`konini o`mardi

'Surxondaryoda o`quvchi telefon do`konini o`mardi'ning rasmi

2023 yil 29 yanvaridan 30 yanvariga o`tar kechasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani   “Oqarbuloq” mahallasida joylashgan savdo do`konda bo`lgan turli rusumdagi jami 13 dona uyali aloqa vositalari yashirin ravishda o`g`irlab ketilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi voyaga etmagan 10-sinf o`quvchisi 16 yoshli M.Sh. sodir etkanligi aniqlanib, undan jami 10 dona telefon apparatlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga etmagan M.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasining tegishli bandlari (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi doirasida, qonunbuzardan qolgan 3 dona telefon apparatlarning taqdiri so`ralganda, u ularni Termiz shahrida joylashgan bozorlarning biriga borib, o`ziga noma`lum bo`lgan shaxsga 1.000.000 so`mga sotganligini ma`lum qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar