AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida 4 nafar erkak bitta ayolni zo`rlagani aytilmoqda. Jinoyat ishi ochildi

'Toshkent viloyatida 4 nafar erkak bitta ayolni zo`rlagani aytilmoqda. Jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida ayol 4 nafar erkak tomonidan zo`rlandi” izohi bilan xabar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 2022 yilning 28 dekabr kuni Bo`stonliq tumani “Chimboyli” qishlog`i hududida sodir bo`lgan.

Holat yuzasidan 25-27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchi (tezkor) prosessual tartibda ushlangan. Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasining JK 118 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan 10 yaqin sud tibbiy va boshqa turdagi ekspertiza tayinlangan.


 

 

    Boshqa yangiliklar