AsosiyJinoyat

Chilonzor tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan qo`lga tushdi

'Chilonzor tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, Chilonzor tumani ETK elektr montyori A.J. tadbirkor S.A.ning oziq-ovqat do`koniga elektr energiyasidan foydalanish uchun abonent hisob raqami ochib berish hamda elektr hisoblagich o`rnatib berishi evaziga 380 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar