AsosiyJinoyat

O`zbekistonning to`rtta hududida tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

'O`zbekistonning to`rtta hududida tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tamonidan elektr energiyasi va gaz ta`minoti xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor tadbirlarda, tabiiy resurs tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etilmoqda. 
Xususan, Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Yu.” MChJ rahbari U.M. korxonaga qarashli issiqxonani  o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga ulab olib, 472,3 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MChJ rahbari va boshqalar korxonaning savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchasini tuman ETK bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 777,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “S.o`.” fermer xo`jaligi rahbari Sh.X. xo`jalik er maydonini sug`orish uchun tuman ETK bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan quvvati 16 kVt/s bo`lgan suv nasosni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 207,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.T. “Xasanboy” MFYdagi raqamsiz uyda issiqxona tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga er ostidan yashirincha ulanib olib, 103 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd so`mdan ortiq zarar etkazilgan. 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar