Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Shahrisabz shahar bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro O.I. “A.” ismli qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qo`lga kiritib, ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, evaziga undan 5 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.