AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a`zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

'Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a`zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

17 fevral kuni Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanining Birlik mahallasida yashovchi oilada ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holati sodir bo`ldi.

Ma`lum qilinishicha, bir oilaning 3 nafar a`zosi voqea joyida, yana bir a`zosi esa shifoxonada vafot etgan.

Voqea joyini ko`zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq va moshkichiri ovqati qoldiqlari, pomidor va bodringdan tayyorlangan tuzlama, kompot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga  ko`ra, fuqarolar o`limiga noma`lum etiologiyali ovqatdan zaharlanish sabab bo`lgan.  

    Boshqa yangiliklar