AsosiyJinoyat

Olmaliqda bankomatdan pul o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxs voqea joyida ushlandi

'Olmaliqda bankomatdan pul o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxs voqea joyida ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatida bankomatdan pul o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxs voqea joyida ushlandi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 12 fevral kuni soat taxminan 00:30 lar atrofida Olmaliq shahar “Oydin” MFY joylashgan Xalq bankiga tegishli bankomatni 1990 yilda tug`ilgan fuqaro B.Yu. o`tkir tig`li jism bilan buzib ochib, ichida mavjud bo`lgan pullarini olishga uringan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan shahar IIB Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar