AsosiyDunyo

BAAda haydovchi taksida qoldirilgan 500 ming dollarni egasiga qaytarib berdi

Birlashgan Arab Amirliklarida taksi haydovchisi avtomobilda qoldirib ketilgan 1,7 million dirham(500 ming dollar) pulni egasiga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. 

Asli pokistonlik bo`lgan haydovchi koreyalik tadbirkorni Sharja aeroportidan Dubay shahriga eltib qo`ydi va  taksida qolib ketgan portfelni ko`rib qoldi. Haydovchi shu zahotiyoq polisiyaga murojaat qildi va huquq-tartibot organlari xodimlari portfel egasini topishga muvaffaq bo`ldi. 

30 yoshli taksi haydovchisi o`zining bu xatti-harakati uchun Sharja transport va yo`llar boshqarmasining faxriy yorlig`i va 3 ming dirham(820 dollar)bilan taqdirlandi.  

Nashrning ma`lum qilishicha, o`tgan yili mana shu haydovchi taksida qoldirib ketilgan va ichida 13 ming dollar bo`lgan portfelni egasiga qaytarib bergan edi.

    Boshqa yangiliklar