AsosiyJinoyat

Olmaliqda 2,3 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari qo`lga olindi

'Olmaliqda 2,3 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “L.N.” MChJ rahbari A.K. hududiy tijorat banki filialidan hududda 2 ta ko`p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so`mlik qurilish materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar