AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi

'Toshkentda o`quvchi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

21 fevral kuni Toshkentda 11-sinf o`quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo`ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida joylashgan 162-sonli maktabda o`qib ketgan, hozirda Zangiota tumanida o`qiyotgan M.A. baholar tabelini olish maqsadida avvalgi maktabiga kelgan.
M.A. maktabda sobiq sinfdoshlari bilan o`tirgan vaqtida 11-"V" sinf o`quvchisi R.I. unga tashqariga chiqishini aytgan, chiqqandan so`ng maktabga nega meni ruxsatimsiz kelasan deb zo`ravonlik kilgan. U M.A.ga tarsaki tushirgan va shu payt o`rtog`i S.A. ularni ajratmoqchi bo`lganida uni ham urgan. 

S.A. yonida bo`lgan pichoq bilan sinfdoshi R.I.ning qorin qismiga jarohat etkazgan va shundan so`ng tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining ma`lumotnomasiga ko`ra, R.I.ga qorin old devorini teshib kiruvchi kesilgan-sanchilgan jarohati tashxisi qo`yilgan.

Mazkur xolat bo`yicha S.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar