AsosiyJamiyat

Olmaliqning ba`zi hududlarida tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatildi

'Olmaliqning ba`zi hududlarida tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari sababli Olmaliq shahrining ba`zi hududlarida tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

 Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Chambil MFYda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdagi er osti o`rta bosimli gaz quvuriga shikast etkazilgan.  

 Shu sababli, Olmaliq shahrining Hamza, Ibn Sino, Toshkent, A.Qahhor, A.Avloniy, Yangihayot, Musa Jalil, Chambil, I.Karimov va Hilol MFYlardagi 5278 ta ko`p qavatli xonadonlar, 1024 ta hovli uyli xonadonlar hamda 52 ta ulgurji iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatildi.  

 Hozirda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar