AsosiyJamiyat

IT parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli moliya texnologiyalari markazi” tashkil etiladi

'IT parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli moliya texnologiyalari markazi” tashkil etiladi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligida raqamlashtirish bo`yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.

IT xizmatlar eksportini yanada oshirish uchun IT park rezidentlariga xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo`shimcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Misol uchun, 80 foiz buyurtmalar AQSh kompaniyalariga to`g`ri kelmoqda. Lekin, Evropa, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham juda katta bozor borligi qayd etildi.

Shu bois, parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli moliya texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. 

Mutasaddilarga bugungi topshiriqlardan kelib chiqib, har bir vazirlik, tarmoq va hudud bo`yicha oyma-oy vazifalar, aniq rejalar va ta`sirchan nazorat tizimini o`z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Ayni paytda yig`ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas`ullarning axboroti tinglanmoqda.

    Boshqa yangiliklar